SUN’IY INTELLEKT VA TAHLILIY TIZIMLARNI HUKM CHIQARISHDA QO‘LLASH: ISTIQBOLLAR VA MUAMMOLAR
Alishayev Sobir Tursunboyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola sud hukmlarini chiqarish jarayonida sun’iy intellekt (SI) va tahliliy tizimlarni qo‘llashning istiqbollari hamda qiyinchiliklarini tahlil qiladi. Unda SI sohasidagi hozirgi yutuqlar, sud qarorlarining samaradorligi va xolisligini oshirish mumkinligini tadqiq qilingan. SI texnologiyalarining rivojlanishi bilan sudlarda qaror qabul qilish jarayonini xolis, tez va aniq tarzda bajarish imkoniyati yuzaga keladi, bu esa inson xatolarining kamayishida ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Ammo SIni huquqiy sohada qo‘llash ko‘plab axloqiy va amaliy, jumladan, algoritmlarning shaffofligi, SIni nazorat qilish, tizim xatolari uchun javobgarlik va qaror qabul qilish jarayonida inson ishtirokiga ehtiyojni saqlab qolish kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, SI sudyalar uchun yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi kerak bo‘lgan muvozanatli yondashuv zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqolada sud amaliyotida SIdan foydalanishning axloqiy va huquqiy jihatlari, jumladan, shaffoflik, javobgarlik va inson huquqlarini himoya qilish masalalari, algoritmlar og‘ishi va kiberxavfsizlik tahdidlari kabi xavflar ham muhokama qilingan. Xulosada xalqaro tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni hisobga olgan holda SIni sud tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt tahliliy tizimlar, hukm chiqarish, algoritmik adolat, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish, kiberxavfsizlik, sud tizimi
Iqtibos uchun
For citation: