OILAVIY HUQUQIY SHARTNOMALAR VA ULARNI TASNIFLASH MASALALARI

Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan keng qamrovli ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyatini oila manfaatlarini himoya qilish, uni jamiyatdagi muhim ijtimoiy institut va barkamol avlodni tarbiyalash oʻchogʻi sifatida mustahkamlash, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarbiyaviy asoslarini qoʻllab-quvvatlashga, reproduktiv salomatlikni asrash borasidagi tizimli ishlar tashkil etmoqda. Oila erkak va ayol oʻrtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy meʼyorlari va qoidalari qoʻllab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan hamda uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruh hisoblanadi. Bugungi kunda oila instituti va gender tengligiga erishish borasida yangi tizim joriy qilinib, oilalar bilan ishlash mexanizmlari takomillashtirib borilmoqda. Shu jumladan, oilaviy munosabatlarni tartibga solishda dispozitiv mexanizmlardan foydalanish va bu boradagi amaliyotni oʻrganish ham muhim sanaladi. Xususan, oilaviy-huquqiy shartnoma tushunchasi, mazmuni hamda turlariga oid masalalar nazariya va amaliyotda oʻz yechimini kutib turgan muammolardan hisoblanadi. Oilaviy-huquqiy shartnoma bilan bogʻliq ilmiy adabiyotlarda nikoh shartnomasi va alimentlar toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻproq urgʻu berilganligi, fuqarolik huquqiy shartnoma yoki mustaqil shartnoma turi ekanligi borasidagi bahslar, uning yuridik tabiati, turlari, tasnifiga oid oʻrganishlar kamligi kuzatiladi. Maqolada oilaviy-huquqiy shartnoma tushunchasi, “shartnoma” va “kelishuv” tushunchalarining tahlili, oilaviy-huquqiy shartnoma turlari hamda ularni tasniflash bilan bogʻliq yondashuvlar bayon qilinadi. Muallif tomonidan oilaviy huquqiy shartnomalarning oʻziga xos jihatlari keltirilib, shartnomaning fuqarolik huquqiy shartnomadan farqi tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar
oilaviy munosabatlar, huquq, mulkiy munosabatlar, shartnomaviy-huquqiy tartibga solish, shartnoma, tasniflash, qonun, norma, oila aʼzolari, er, xotin, oilaviy huquqiy shartnoma, oila huquqi, fuqarolik huquqi.