INVESTITSIYA FONDLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNING FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA
AQSH TAJRIBASI
Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna
Toshkent davlat yuridik univeriteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Shiddat bilan rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida insofsiz raqobat va uning oldini olish bugungi kunning eng muhim iqtisodiy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish sohasida shaxslarni raqobatga zid bo‘lgan har qanday harakatlardan himoya qilish bilan bog‘liq qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, raqobat bor joyda har doim qonun bilan taqiqlangan insofsiz raqobat bo‘lishi mumkin. Insofsiz savdo amaliyoti ham insofsiz raqobat bilan birgalikda xuddi shunday huquqbuzarlikdir. Insofsiz raqobat, xususan, insofsiz savdo amaliyoti qonunchilikning turli sohalari, xususan, Intellektual mulk hamda Raqobat huquqi bilan huquqiy tartibga solinishi orqali raqobatchilar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqbuzarlik turlarini tan olishi mumkin. Maqolada muallif insofsiz raqobat tushunchasi va belgilarini, insofsiz savdo amaliyoti tushunchasi va xususiyatlarini huquqiy doktrina, xalqaro qonunchilik va O‘zbekiston Repsublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni nuqtayi nazaridan tahlil qilgan holda insofsiz savdo amaliyotini tartibga solish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasining raqobatga oid qonun hujjatlarida aks ettirish orqali qonunchilikni takomillashtirishga oid qator ustuvor masalalarga javob berishga harakat qiladi.
Kalit so'zlar
adolat, insoflilik, insofsiz raqobat, insofsiz savdo amaliyoti, narx, insofsiz raqobat belgilari, bozorda o‘z kuchini ko‘rsatish, narxlarni manipulyatsiya qilish, iste’molchilarni kamsitish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish, iqtisodiy afzallik va zarar.
Iqtibos uchun
For citation: