XALQCHIL DAVLAT QURISH, DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVI TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FUQAROLAR ISHTIROKINI KЕNGAYTIRISH MASALALARI

Hoshimxonov Аhror Moʻminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori, dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat qurilishi jarayoni hamda davlat va jamiyat boshqaruvi samaradorligini oshirishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish bilan bogʻliq vazifalar koʻrib chiqiladi. Muallif unda yangi Konstitutsiyaga koʻra xalqchil va xalqparvar davlat qurishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tahlil qiladi. Shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotini boshqarishdagi ishtiroki masalalari boʻyicha fikr yuritilib, asosiy eʼtibor oxirgi 6–7 yilda ushbu yoʻnalishda qabul qilingan huquqiy asoslarning mazmun-mohiyatiga qaratiladi. Ushbu islohotlarning tadrijiy yakuni sifatida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qoidalari koʻrsatilib, ulardagi asosiy meʼyorlar, avvalo, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash hamda taʼminlashga qaratilganligi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar
davlat boshqaruvi, konstitutsiya, hokimiyat, xalqchil, huquq, referendum.
Iqtibos uchun
For citation: