MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR SEKTORIDAGI AVTOMATLASHTIRILGAN RAQAMLI SHARTNOMALARDA ROZILIK IFODASINI HUQUQIY TALQIN ETISH MUAMMOLARI

Po‘latov Temurbek G‘ayratjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti, Kiberhuquq kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqola blokcheynda dasturiy kod asosida bajariladigan avtomatlashtirilgan raqamli bitimlar – smart-kontraktlarda rozilik ifodasini talqin qilish bilan bogʻliq huquqiy muammolarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, smart-kontraktlar anʼanaviy avtonomiya tamoyilini oʻzgartiradi, bu esa tomonlarning moslashuvchanligini cheklaydi va ularning roziligini huquqiy talqin qilishni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Asosiy muammolar sifatida smart-kontraktlarning universal huquqiy taʼrifining mavjud emasligi va avtomatlashtirish sharoitida niyatni isbotlashdagi murakkabliklarga alohida e’tibor qaratildi. Maqolada xorijiy huquq tizimlaridagi, masalan, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Belarus kabi davlatlardagi tartibga solish yondashuvlari tahlil qilingan, shuningdek, Oʻzbekistondagi huquqiy noaniqliklar aniqlangan. Turli omillarning – gibrid modellar, kodlash standartlari va dasturiy taʼminot ekspertizasining huquqiy aniqlikni oshirishga taʼsiri baholandi. Raqamli shartnomalarga moslashtirilgan fuqarolik huquqi institutlarini raqamli shartnomalarga moslashtirishning amaliy mexanizmlari, jumladan, smart-kontraktlarni qonuniy tan olish va ularning shartlarini matnda kuzatib borish majburiyati taklif etilgan. Smart-kontraktlarni tuzish va ijro etishda texnologik avtomatlashtirish hamda tomonlar irodasini avtonomiyasining fundamental tamoyillarini himoya qilish oʻrtasida muvozanatga erishish zarurligi asoslab berilgan. Bunday yondashuv Oʻzbekistonda smart-kontraktlarni mamlakatning ish yuritish va huquqiy amaliyotiga toʻliq joriy etish imkonini beradi.
Kalit so'zlar
elektron shartnomalar, xususiy huquqni raqamlashtirish, shartnomalarni avtomat­lashtirish, kodni huquqiy talqin qilish, taqsimlangan reyestr texnologiyalari, koddagi huquqiy javobgarlik
Iqtibos uchun
For citation: