UMUMHUQUQIY TAMOYIL SIFATIDA TENGLIK TAMOYILINING SHAKLLANISHI
Yusuvaliyeva Rahima Yusupovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi kafedrasi professor v.b., y.f.n., dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqola huquq tizimida umumhuquqiy tamoyil sifatida tenglik tamoyilining kelib chiqishi va shakllanishi, tushunchasi va mohiyati, uning falsafiy va huquqiy talqinlari, ushbu tamoyilning qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash, odil sudlov va yuridik javobgarlik, huquqiy madaniyat va ijtimoiy munosabatlar, shuningdek xalqaro huquqdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi, birinchi navbatda, jamiyatda olib borilayotgan huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining huquqiy ongini oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda huquqning umumiy tamoyillari muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Adolat, tenglik, insonparvarlik, qonuniylik va demokratizm kabi huquqning umumiy tamoyillari huquq tarmoqlarining rivojlanishiga ta’siri shubhasizdir. Sanab o‘tilgan tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining asosiy kodekslarida o‘z aksini topgan. Ishning maqsadi – tenglik tamoyilining shakllanish jarayonini o‘rganish, bu tamoyilning mohiyat va mazmunini aniqlash, tenglik tamoyili tushunchasining turli talqinlari, tenglik tamoyilining xalqaro huquqning rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli-tarixiy, qiyosiy-huquqiy va statistik tahlil, formal-mantiqiy, umumiy va xususiy ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Amalga oshirilgan tahlil natijasida mahalliy va xorijiy olimlarning turli yondashuvlarini ko‘rib chiqish asosida huquq tamoyillari, tenglik tamoyili tushunchasi va mazmuni, bu tamoyilning adolat va qonuniylik tamoyillari bilan bog‘liqligi, tenglik tamoyilining odil sudlovni amalga oshirish, jazo tayinlashga ta’sirini o‘rganish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalaridan huquqning umumiy tamoyillarini tadqiq qilish bilan bog‘liq ilmiy faoliyatda, qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayonida, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
huquq, tenglik, huquqiy qadriyatlar, adolat, huquqiy tizim, umumhuquqiy tamoyillar, xalqaro huquq, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati.