O‘ZBEK VA NEMIS HUQUQIY ATAMALARIDA ICHKI VA TASHQI OMILLAR

Bahriddinova Muyassarxon Rahimovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek huquq terminlarini o‘rganish, huquq terminologiyasining asosiy xususiyatlari hamda o‘zbek huquq terminlarini shakllantirishning ichki va tashqi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘zbekistonlik va xorijlik olimlar, jumladan, huquqshunos va tilshunoslarning fikr-mulohazalari o‘rin olgan. Muallif ularning fikrlarini solishtirib, o‘z xulosalarini asoslaydi. Ushbu tadqiqotni tayyorlashda ensiklopediyalar, lug‘atlar, dissertatsiyalar, huquqiy hujjatlar, kodekslar va boshqalardan foydalanilgan. Ushbu materiallar yordamida olingan natijalar tahlil qilingan. Atamalarning yillar davomida o‘zgarib borishi sabablaridan tashqari, o‘zbek huquqiy atamalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi ham ichki, ham tashqi omillarning ahamiyati ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar
yuridik terminologiya, atamalar, o‘zbek tili, ichki va tashqi imkoniyatlar, kodekslar, nizomlar, sud amaliyoti, affiks, ta’lim.
Iqtibos uchun
For citation: