1/2022 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Yunusov Haydarali Muratovich

yuridik fanlar nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YuNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlar” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya
Ushbu maqola XI asrda yashab ijod qilgan Muhammad ibn Ahmad Abu Bakr Saraxsiy- ning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Unda Saraxsiyning huquqshunos sifatidagi xizmatlari bayon etilgan. Saraxsiy islom huquqining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, islom olamida birinchi bo‘lib xalqaro huquq ta’limotiga asos solgan. Saraxsiy asarlarida norma ijodkorligi, huquqni tushunish metodologiyasi, huquqning ilmiy nazariy va amaliy masalalari batafsil yoritilgan

Ne’matov Jo‘rabek Ne’matilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid qaror, harakati (harakatsizligi) yuzasidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekistonda ma’muriy yustitsiyaning kelib chiqish tarixi, ma’muriy sudlar tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida ma’muriy sudlar faoliyati birmuncha takomillashtirilgan bo‘lsa-da, mazkur maqola doirasida tahlil qilingan ma’muriy sud ishlarini yuritishda sudga taalluqlilik masalasi hali-hanuz eng bahsli va munozarali masalalardan biri bo‘lib qolmoqda…

Suvanov Sardor Baxadirovich

Sirdaryo viloyat Guliston tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–60-son Farmoni hamda mazkur Farmon bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy mazmun-mohiyati, undagi sud-huquq sohasiga oid kelgusi maqsadlar va ularni amalga oshirish masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan…

Yakubova Iroda Bahramovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi dotsenti, PhD

Annotatsiya
Mazkur maqolada tijoratchi yuridik shaxsning mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakli tasnifi, uning yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllaridan farqi va afzalliklari, jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) tushunchasi, ustav fondining jamiyat faoliyatidagi ahamiyati, jamiyat ustav fondidagi ulush, ulushning nominal, haqiqiy va bozor qiymati tushunchalari va ularning farqli jihatlari…

Saidov Maqsudbek Norboyevich

Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada tijoratchi yuridik shaxsning mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakli tasnifi, uning yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllaridan farqi va afzalliklari, jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) tushunchasi, ustav fondining jamiyat faoliyatidagi ahamiyati, jamiyat ustav fondidagi ulush, ulushning nominal, haqiqiy va bozor qiymati tushunchalari va ularning farqli jihatlari…

Xalilova Zebiniso Erkinovna

PhD (Bremen Universiteti, Germaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
COVID-19 inqiroziga javoban hukumatlar tadbirkorlik sektorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xalqaro investitsiya shartnomalari sonining ko‘payishi va milliy hukumatlar liberallashtirish choralarini ko‘rishiga qaramay, ko‘plab davlatlar xalqaro investitsiyalarni tartibga solishda ancha ehtiyotkor va cheklovchi yondashuvni afzal ko‘rmoqda. Ba’zi hollarda qutqaruv paketlari moliyaviy qiyinchilikka uchragan kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishni o‘z ichiga oladi, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda davlat korxonalari soni va mavjudligini oshirishi mumkin…

Esanova Zamira Normurotovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqaroning huquq va muomala layoqati, uning protsessual ahamiyati, fuqaroning huquq va muomala layoqati bilan bog‘liq ishlar, ularni sudda kо‘rish tartibi, bunday toifadagi ishlarning о‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar, taklif-tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, moddiy va protsessual huquqiy jihatdan huquq layoqati, muomala layoqati, protsessual huquq layoqati, protsessual muomala layoqati, emansipatsiya, fuqaroning muomala layoqatini cheklash, muomalaga layoqatsiz deb topish, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasasada yotish muddatini uzaytirish haqidagi tushunchalar (protsessual institutlar)ning ilmiy tahlili, qonun hujjatlariga kiritilish zarurati va protsessual xususiyatlari hamda huquqiy oqibatlari yoritilgan…

Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Dunyoda modernizatsiya va isloh etish sharoitida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. О‘tgan davr mobaynida sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sud mustaqilligini ta’minlash, inson va fuqaro huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng kо‘lamli tashkiliy-huquqiy choralar-tadbirlar amalga oshirildi…

Dаvronov Doniyorbek Аbdullo o‘g‘li

Toshkent dаvlаt yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu mаqolаda fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi, jumladan, Germaniya, Angliya, Finlandiya, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining fuqarolik sudlarida qo‘llaniladigan protsessual majburlov choralari, ularning turlari, xususan, bu majburlov choralarining zarurati, ahamiyati va majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq amaliyot yoritilgan. Shuningdek, bu majburlov choralarining jamiyat, sud-huquq tizimidagi o‘rni va ahamiyati, majburlov choralarini qo‘llash asoslari va tartibi, fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq muammolar, protsessual majburlov choralari borasidagi nazariy va amaliy masalalar, xorij mualliflarining protsessual majburlov choralari yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy qarashlari, majburlov choralarini qo‘llash muddati masalalari tahlil qilingan…

Mahkamov Durbek Ne’matovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada ekologik holatni xalqaro va milliy miqyosdagi statistik ma’lumotlar hamda huquqiy aspektlar orqali tahlil etish natijasida ekologik-huquqiy ong va qarashlarning o‘zgarishi tavsiflangan. Tabiiy resurslardan biri bo‘lgan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik-huquqiy maqomi, huquqiy rejimi, o‘simlik dunyosini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi dinamikasi va qamrovi, yillar kesimida rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan…

Ibragimov Diyorbek Shuhrat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, mazkur sohada qonuniylikni taʼminlashda prokuratura organlari bilan bevosita vakolatli idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari bayon etilgan. Xususan, prokuror nazorati, idoraviy nazorat tushunchalari hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro farqli jihatlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan…

Fozilov Farhod Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsent v.b., yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Annotatsiya
aqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning umumiy tushunchasi tahlil qilingan. Dunyoda xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirish eng keng tarqalgan va xavfli transmilliy jinoyatlardan biri deb topilgan. Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishda ortib borayotgan jamoat xavfi dunyo hamjamiyatidagi mamlakatlarning aksariyatini tashvishga solmoqda…

Islomov Bunyod Ochilovich

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada Fransuz Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Fransuz Respublikasining 1992-yil 22-iyulda qabul qilinib, 1994-yil 1-mart sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksining amaldagi tahriri bo‘yicha jazoni yengillashtirish instituti umumlashtirilgan holda, xususan, ruhiy holatning buzilishi holatida…

Boydedayev Sadirdin Abdusattorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston uchun eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Korrupsiyaga oid qonunchilikdagi definitsion normalar, shu jumladan, korrupsiya tushunchasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida belgilangan normalar mazmuni, unda aks etgan korrupsiya tushunchasining mazmunini ochib beruvchi asosiy xususiyatlar milliy va xorijiy olimlarning qarashlarini o‘zaro solishtirgan holda ilmiy jihatdan o‘rganilgan…

Bazarova Dildora Baxadirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti «Jinoyat-protsessual huquqi» kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Annotatsiya
Maqolada muallif jinoyat protsessida sukut saqlash huquqini cheklash masalalarini umumiy huquq mamlakatlari, xususan, Avstraliya tajribasiga asoslanib ko‘rib chiqadi. Bu yerda qonun chiqaruvchi sukut saqlash huquqini cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlarni qabul qilgan va uning bu huquqlarini tavsiflaydi. Jinoyat ishini ko‘rib chiqishni soddalashtirish va tergovchi tomonidan oshkor etilishini tezlashtirish uchun chegaralar shular jumlasidandir…

Utepov Dauren Pakhatovich

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni uhofaza qilish organlari akademiyasi doktoranti, Adliya kichik maslahatchisi

Zhempiisov Nazarbek Sharunovich

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi “Maxsus yuridik fanlar” kafedrasi mudiri, Adliya katta maslahatchisi

Annotatsiya
Maqolada muallif jinoyat protsessida sukut saqlash huquqini cheklash masalalarini umumiy huquq mamlakatlari, xususan, Avstraliya tajribasiga asoslanib ko‘rib chiqadi. Bu yerda qonun chiqaruvchi sukut saqlash huquqini cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlarni qabul qilgan va uning bu huquqlarini tavsiflaydi. Jinoyat ishini ko‘rib chiqishni soddalashtirish va tergovchi tomonidan oshkor etilishini tezlashtirish uchun chegaralar shular jumlasidandir…

Uralov Sarbon Sardorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Maqolaning dolzarbligi shundaki, jinoyat protsessida preyuditsiya instituti jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, koʻplab xarajat va kuch talab etadigan preyuditsial vaziyatlarni oson hal etish imkonini yaratadi. Maqolaning maqsadi tahlillar asosida jinoyat-protsessual huquqida preyuditsiya institutini tatbiq etish bilan bogʻliq muammolar yechimi boʻyicha nazariy qoidalar yaratishdir…