QAYTA TASHKIL ETILAYOTGAN YURIDIK SHAXS KREDITORLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINING UMUMIY TAVSIFI
Qutlimuratov Farxad Qalbayevich
Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda uning kreditorlari huquqlarining himoya qilinganligi va manfaatlarining ta’minlanganligi asosiy masalalardan biri sanaladi. Chunki, yuridik shaxs qayta tashkil etilishi asosan kreditorlarning manfaatlariga ta’sir kо‘rsatadi va ular huquqlari amal qilishini xavf ostiga qо‘yadi. Shu sababli qayta tashkil etish jarayoni boshlanishidan oldin kreditorni xabardor qilishga nisbatan aniq muddatlarni belgilash muhimdir. Qolaversa, bu jarayonlar haqida kreditorni xabardor etishning odatdagi tartibga yangicha qarash, qayta tashkil etish boshlanishidan xabardor bо‘lishdan kreditorning manfaatdorligini oshirish, bunda xabardor qilishning ommaviy tartibini joriy etish dolzarbdir. Qayta tashkil etish jarayoni boshlanganidan о‘z vaqtida xabardor bо‘lgan yuridik shaxsning о‘z qarzdori bо‘lgan yuridik shaxsga nisbatan talablarini qо‘yish va qayta tashkil etilgan yuridik shaxs bilan huquqiy munosabatlarni saqlab qolish imkoniyati mavjud bо‘ladi. Bu esa qonunchilikda kreditor huquqlarini himoya qilishning muhim vositasi sanaladi.
Kalit so'zlar
yuridik shaxs, kreditor, huquqlar, himoya qilish, qarzdor, javobgar, xabardor qilish, jamiyat, ishtirokchilar, muassislar.
Iqtibos uchun
For citation: