DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA MERITOKRATIYA TAMOYILINI QO‘LLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI
Rahimov Dilmurodjon g‘ulomjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni qabul qilishda meritokratiya tamoyilining ahamiyatini tadqiq etishni maqsad qilgan. Maqolada meritokratiya tamoyili tushunchacining mohiyati, xususiyatlari va respublikamizda qo‘llanish jarayonlari tahlil qilingan. Davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni qabul qilishda meritokratiya tamoyilini qo‘llashga oid normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganilgan. Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida kadrlarni qabul qilishning ijobiy xususiyatlari tizimlashtirilgan. O‘rganilayotgan masala yuzasidan o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan olib borilgan amaliy ishlar tahlil qilingan. Maqolada agentlikning yutuqlari bilan bir qatorda, yo‘l qo‘ygan kamchiliklariga e’tibor qaratilgan. Xususan, meritokratiya tamoyili asosida davlat fuqarolik xizmati lavozimlari uchun ochiq tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi masalaning eng muammoli jihati sifatida ta’kidlangan. Shu sababli maqolada davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari uchun ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risida nizom ishlab chiqish va unda bir qancha masalalarga e’tibor qaratish taklif qilingan. Bundan tashqari, kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida qabul qilishni davlat fuqarolik xizmatiga oid barcha davlat organlarida o‘tkazish lozimligi va uning zarurati asoslantirilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
davlat xizmati, davlat fuqarolik xizmati, davlat fuqarolik xizmatchisi, meritokratiya tamoyili, ochiq tanlov, kompetensiya, kadr, vakant lavozim.
For citation: