YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING YURIDIK OLIYGOHLARDA TILLARNI O‘QITISHDAGI AHAMIYATI

Matenov Rashid Bekimbetovich

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b.

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Zamonaviy pedagogika so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan va bugungi kunda ham davom etayotgan ta’lim makonidagi o‘zgarishlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak. Jamiyat pedagogik faoliyatning sifat jihatidan yangi xususiyatlariga muhtoj. Tanqidiy fikrlash qobiliyati rivojlangan erkin ijodiy shaxs konstruktiv va ijodiy faoliyatga qodir. Aynan til ko‘nikmalari zamonaviy dunyoning o‘zgaruvchan voqealarida shaxsning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi va bu o‘z navbatida, mutaxassislik bo‘yicha o‘quv materialni to‘g‘ri idrok etishga yordam beradi. Muayyan muammoning taklif etilayotgan yechimlarini mantiqiy va malakali asoslash, aniq faktlarni tahlil qilish va sintez qilish, til ko‘nikmalaridan foydalanish bo‘lajak yuristlarni kasbiy tayyorlashda ustuvor ahamiyatga ega. Shunday qilib, til har bir yurist o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan vosita, yurist ona tili bilan bir qatorda rus tilining ham turli funksiyalaridan foydalanishni bilishi shart. Aynan shu nuqtayi nazardan, yuridik oliygohlarda tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi og’zaki hamda yozma ravishda o‘quv va kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish hisoblanadi. Shu munosabat bilan rus tilini o‘qitishda turli nazariyalar, tushunchalar, texnologiyalar va o‘qitish usullariga murojaat qilish zarurligini nazarda tutiladi.
Kalit so'zlar
yurist talabalar, o‘qitish metodikasi, mutaxassislik tili, til kompetensiyasi, fanlararo aloqa, yuridik matn.
Iqtibos uchun
For citation: