ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI

Qilichova Munira Azimjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada mudoraba shartnomasi asosida jalb qilingan kapitalni kafolatlash masalasi shariat nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Islomiy moliya tizimida mudoraba – bu foyda olish maqsadida tuziladigan sheriklik shakli bo‘lib, unda moliyaviy zararlar faqat investor (rabb-ul-mal) zimmasiga yuklanadi. Mudorib esa faqatgina o‘zining beparvoligi, xatoliklari yoki shartnomaga zid harakatlari natijasida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar hisoblanadi. Maqolada olimlar tomonidan ilgari surilgan ikki xil yondashuv yoritiladi. Birinchi guruh mutaxassislar kapital kafolatini mudoraba shartnomasining asl mohiyatiga zid deb hisoblaydi, chunki bu holat shartnomani foizli qarzga yaqinlashtiradi va islom moliya prinsiplariga mos kelmaydi. Ularning fikricha, kafolat talabi mudorabani nohalol moliyaviy amaliyotga aylantiradi. Ikkinchi guruh esa uchinchi tomon tomonidan kafolat berilishi mumkinligini asoslashga harakat qiladi va bu orqali investorlarning ishonchini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsad qilinadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistondagi mavjud holat ham o‘rganiladi. Jumladan, islomiy banklar mavjud emasligi sharoitida ayrim nobank moliyaviy tashkilotlar mudoraba shartnomasidan foydalanib, investorlarni jalb qilayotganliklari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, kommandit shirkatlar tarkibida tuzilgan bitimlarda kapital kafolati majburiyati mavjud emas, ya’ni barcha ishtirokchilar zararlar uchun o‘z ulushlari miqyosida javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, islomiy moliyaga mos ravishda faoliyat yuritayotgan nobank moliyaviy tashkilotlarning ishini takomillashtirish uchun uchinchi tomon kafolatidan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur yondashuv islomiy talablar va amaldagi huquqiy meʼyorlar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruratini yuzaga keltiradi. Maqolada mudoraba shartnomasining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, uning shariat qoidalari bilan uyg‘unligi va milliy qonunchilik bilan integratsiyalash imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar
islom moliyasi, islom banklari, shariat meʼyorlari, mudoraba, kafolat, takaful va tabarru, kommandit shirkat, investor
Iqtibos uchun
For citation: