SANOAT MULKI OBYEKTLARI MUALLIFLARINI RAGʻBATLANTIRISH MASALALARI

Mehmonov Qambariddin Miradhamovich

toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoat mulki obyektlari mualliflarini rag‘batlantirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, mualliflarni shaxsiy va mulkiy rag‘batlantirish choralari muhokama qilingan. Sanoat mulki obyekti mualliflari uchun nima muhim: ixtironi ommaga oshkor qilishmi va patent olish yoki muayyan obro‘-e’tiborga ega bo‘lish va moddiy manfaatdor bo‘lishmi? Ushbu masalani nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish natijasida muallif bir qator ilmiy taklif va xulosalarni ilgari surgan. Shaxsiy rag‘batlantirish mulkiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda mualliflarga katta motivatsiyalar berishi mumkin. Ba’zi mamlakatlar va tashkilotlar intellektual mulk mualliflarini mukofotlar yoki stipendiyalar shaklida shaxsiy rag‘batlantiradi. Mavjud qonunchilik tizimi sanoat mulki obyektlari mualliflari olgan huquqiy himoya hujjati – patent uchun mualliflarni rag‘batlantirish, shu jumladan, ilmiy daraja va unvon berish uchun asos bo‘lishini nazarda tutsa-da, bu borada ko‘rsatkich zamonaviy talablarga to‘liq javob bermaydi. Sanoat mulki obyektlari mualliflarini rag‘batlantirish masalalari murakkab bo‘lib, mualliflarning huquq va jamoat manfaatlarini himoya qilish o‘rtasidagi muvozanatni topish zarur. Shu bilan birga, maqolada nazariyotchi olimlar, tajribali amaliyotchi xodimlarning fikr va mulohazalari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, sanoat mulki obyekti, muallif, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, talabnoma berish, mutlaq huquq, ijtimoiy manfaat, imtiyoz, shaxsiy va mulkiy rag‘batlantirish.
Iqtibos uchun
For citation: