TERGOV VA SUD ORGANLARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI VOSITA SIFATIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI: NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Mirzayev Rahmatulla Ibodullayevich
Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov va sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Jinoyat-protsessual faoliyatdagi huquqiy diskresiya korrupsiyaviy xavflarni kuchaytirishi, sun’iy intellekt esa qaror qabul qilishda subyektivlikni kamaytirishi ko‘rsatib o‘tilgan. “Kuchsiz” va “kuchli” sun’iy intellekt modellari, reaktiv va proaktiv tizimlarning afzallik hamda cheklovlari ilmiy nuqtayi nazardan yoritilib, tergov jarayonida ACE kabi tizimlarning qo‘llanish tajribasi o‘rganilgan. Sun’iy intellektni to‘liq mustaqil qaror qabul qiluvchi subyekt sifatida qo‘llash texnik va huquqiy jihatdan hozircha maqsadga muvofiq emasligi asoslangan. Shu bilan birga, inson nazorati ostidagi SI tizimlari jinoyat-protsessual jarayonlarning shaffofligi va samaradorligini oshirishda istiqbolli mexanizm sifatida baholangan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, jinoyat-protsessual faoliyat, korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy diskresiya, reaktiv tizimlar, proaktiv tizimlar, ACE tizimi, sud qarorlarini avtomatlashtirish, raqamlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyoti
Iqtibos uchun
For citation: