OʻZBEKISTONDA AYOLLAR JINOYATCHILIGINING
HOZIRGI HOLATI
Xodjayev Shohrux Muzaffarovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat instituti katta ilmiy xodimi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif Oʻzbekiston Respublikasidagi zamonaviy ayollar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi, uning oldini olish, profilaktika oʻtkazish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimini keyinchalik ishlab chiqish uchun asos sifatida keltirgan. Maqolada, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning tasnifi oʻrganilgan. Soʻnggi oʻn yil ichida ayollar jinoyatchiligi darajasining miqdoriy koʻrsatkichlari uning tendensiyalari va dinamikasini baholashga imkon beradi. Maqolada ayollar jinoyatchiligining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, gʻarazli va zoʻravonlik orqali sodir etilgan jinoyatlar tarkibi tahlil qilindi, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari sanab oʻtildi, ayollarning jinoiy xatti-harakatlarining salbiy tendensiyalari koʻrsatildi. Muallifning ta’kidlashicha, ayollar va erkaklar jinoyatchiligining sifat xususiyatlari yaqinlashishi, ayollar jinoyatchiligining shafqatsizligi kuchayishi, ayollar jinoiy muhitining professionalligi va tashkilotchiligi oshishi, retsidivlarning koʻpayishi, jinoyat subyektlarining yosharishi ushbu hodisaning ijtimoiy xavfliligi ortganligidan dalolat beradi. Mahkum ayollarni jazoni oʻtash davriga moslashtirish va qayta ijtimoiylashtirish boʻyicha umumiy chora-tadbirlar ishlab chiqish, mahkum ayollarning qonunga bo‘ysunish xulq-ayvorini taʼminlash maqsadida ularni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga oid zarur xulosalar olindi.
Kalit so'zlar
ayollar jinoyati, gʻarazli jinoyatlar, zoʻravonlik jinoyatlari, antisotsial xatti-harakatlar, kriminogen faoliyat.