PROKURATURA ORGANLARINING YER TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI IJROSI USTIDAN NAZORATNI AMALGA OSHIRISH BORASIDAGI VAZIFALARI TAQSIMLANISHINING AYRIM JIHATLARI
Abduhakimov Murodullo Togʻayevich
Bosh prokuratura Akademiyasi
mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolati berilgan prokuratura organlari doirasi, ular oʻrtasida vazifalarning oʻzaro taqsimlanishining ayrim masalalari, xorijiy mamlakatlarda yer munosabatlarining tartibga solinishi, chet el prokuratura organlarining yer sohasidagi vazifa va vakolatlari bilan bogʻliq masalalar yoritilgan hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan. Xususan, yerga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan Bosh prokuratura va hududiy prokuraturalar tegishli tarmoqlarining tashkil etilishi, ular faoliyatining takomillashtirilishi, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan prokuraturalarga ham yerga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat vazifalarining yuklanganligi holatlari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiq qilinayotgan masala boʻyicha statistik maʼlumotlar, tadqiqotchi olimlarning ilmiy qarashlari hamda mutaxassislar fikrlari keltirilib, tahlil qilinayotgan mavzuning nazariy jihatlariga ham eʼtibor qaratilgan. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi boʻyicha prokuratura organlari tomonidan xorijiy mamlakatlar, aynan Gʻarb davlatlari tajribasini tahlil etish prokuratura faoliyati, asosan, sudlarda prokuror ishtirokini taʼminlash va jinoyat qonunchiligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilganligi, qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati funksiyasi yetakchi funksiya boʻlib qolayotganligi haqida xulosa berilgan.
Kalit so'zlar
prokuratura, qonun hujjatlari, prokuror nazorati, vazifalar taqsimlanishi, yer, yer islohoti, qishloq xoʻjaligi yerlari, sugʻoriladigan yer, hududiy va ixtisoslashtirilgan prokuratura, xorijiy mamlakatlar, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish, javobgarlik.