BOZORDA KARTEL KELISHUVLARINING KONSEPTUAL JIHATLARI: XORIJIY TAJRIBA
Radjapov Husain Muhammad oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Dunyoning koʻp davlatlarida kartel kelishuvlari raqobat qonunchiligining eng xavfli va zararli huquqbuzarliklaridan biri hisoblanadi. Kartellarga qarshi kurashish uchun monopoliyaga qarshi organlar javobgarlikdan ozod qilish dasturlari (leniency program) kabi maxsus mexanizmlardan foydalanadi va jiddiy ma’muriy jarima, hatto jinoiy javobgarlikni ham qoʻllashadi. Kartel kelishuvini aniqlash va tekshirish monopoliyaga qarshi organlar uchun oson ish emas. Bu vazifaning ijrosi oligopolistik bozorlarda yanada qiyinroq kechadi, chunki oligopolistik bozor sharoitlari bozor ishtirokchilariga bir-biri bilan bevosita aloqa qilmasdan ham narxlarni muvofiqlashtirishga erishish imkonini beradi. Oligopoliya bozorlarida muloqotsiz kelishuv (tacit collusion) deb ataladigan amaliyot mavjud boʻlib, muloqotsiz kelishuv ta’rifi va tartibga solish usullari haqida munozaralarni uchratish mumkin. Aniq va toʻgʻridan toʻgʻri muloqotning yoʻqligi sababli, yashirin til biriktirish yoki muloqotsiz kelishuvlarni (tacit collusion) kartel xatti-harakatlarining bir shakli sifatida noqonuniy deb tan olinishi kerakmi degan savol ham yurisdiksiyalar, ham akademiklar oʻrtasida bahsli masala hisoblanadi. Ushbu maqola Yaponiya, Evropa Ittifoqi va AQSh tajribasiga asoslanib, yashirin til biriktirishning ta’rifini aniqlashtirishga qaratilgan. Shuningdek, oligopolistik bozorlarda muloqotsiz kelishuvlarni qanday tartibga solish va oldini olish boʻyicha rivojlangan davlatlar amaliyotidan kelib chiqib, Oʻzbekiston uchun tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
kartel kelishuvi, monopoliya, yashirin til biriktirish, muloqotsiz kelishuv, raqobat, dalillar, oligopoliya.
Iqtibos uchun
For citation: