NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA
Xayrulina Asal Baxodirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual xuquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola nizolarni hal qilishning muqobil usullari va ularning xususiyatlariga bag‘ishlangan. Suddan tashqari nizolarni hal qilish yoki nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmlari – NHM (nizolarni muqobil hal qilish) tizimi ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ancha yillardan beri qo‘llab kelinadi. NMH tushunchasi nizolarni muqobil qilish mexanizmlarining keng ko‘lamliligini nazarda tutadi. Nizolarni muqobil hal qilish instituti qadim zamonlardan kelib chiqqan. Tarixiy rivojlanishning muayyan davrlarida jamiyatda nizolarni hal qilishning turli shakllari paydo bo‘ldi. Ular ziddiyatli vaziyatni hal etuvchi usullar va tartiblarning butun tizimini namoyish etdi. Maqolada nizolarni muqobil hal qilish institutining paydo bo‘lishi va rivojlanishi xorijiy davlatlar (AQSh, Kanada, Hindiston, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston) va O‘zbekiston misolida tahlil qilinadi. Nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha maxsus qonunlar, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida muqobil nizolarni hal qilish tartibini rivojlantirish uchun turli dasturlar borligi keltirib o‘tiladi. Muallif O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal qilish (mahalla, hakamlik sudlari, vositachilik)ning qo‘llanilishini o‘rganib chiqqan hamda uning O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda rivojlanishini tahlil qilib, ushbu institutning xususiyatlarini qayd etgan.
Kalit so'zlar
nizolarni hal qilishning muqobil usullari, sud va suddan tashqari nizolarni hal qilish, Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunlari, Yagona vositachilik qonuni, jamoa, panchayat, oqsoqol, Biy instituti, mahalla, yarashtirish komissiyasi, vositachilik.
Iqtibos uchun
For citation: