ISH YURITISHNI RAD ETISH YOKI TUGATISHDA SHAXSNING VAFOT ETGANLIGI ASOSI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning vafoti munosabati bilan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi tariqasida jalb etilishi lozim bo‘lgan shaxsning vafot etgan vaqtida protsessual maqomi qonunchilikda saqlanganligi, biroq tergovga qadar tekshiruv vaqtida va shaxsning gumon qilinuvchi sifatidagi maqomi bilan bog‘liq protsessual davrda vafot etishi yuzasidan ishni hal etishning keyingi mexanizmi mavjud emasligi borasidagi muammolar va mavzuga oid huquqiy kolliziya, Fuqarolik sudlari tomonidan shaxslarni vafot etgan deb topishning huquqiy oqibatlari jinoyat-protsessual qonunchilikka tatbiq etilishi yuzasidan mavjud huquqiy bo‘shliq ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganilib, mazkur tahlillar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tegishli qonun va qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada shaxslarning vafoti bilan bog‘liq huquqiy oqibatlarning qonunchilikda aks etish holati va tahlili tizimli ravishda keltirilgan. Mavzuni yoritishda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
vafot etganlik, jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs, jinoyat ishini tugatish, rad etish, gumon qilinuvchining vafoti, yaqin qarindosh.