XORIJIY DAVLATLARNING DALILLAR MAQBULLIGI TALABLARINI JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRISH BORASIDAGI TAJRIBASI
Niyazov Maqsud Kadamovich
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy huquq davlatlari (Buyuk Britaniya va AQSh) qonunchiligi hamda kontinental huquq tizimli davlatlarning dalillar maqbulligi masalasi yoritilishining umumiy belgilari keltirilib, dalillar maqbulligi ta’rifi, ularning xususiyatlari, nomaqbul dalillarning toifalari batafsil yoritilgan va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan qiyoslangan. Shuningdek, bu davlatlarda dalillar nomaqbulligining mezonlari tahlil qilingan, ularning mohiyati ochib berilgan va mazkur davlatlarda qo‘llashga oid xususiyatlar talqin qilingan. Ushbu davlatlarning dalillar nomaqbulligi jihatlari qiyosiy tahlil qilingan va milliy qonunchiligining dalillar nomaqbulligi jihatlari jinoyat-protsessual qonunchiligiga yaqinda kiritilgan qonuniy yangiliklar bilan taqqoslangan. Bundan tashqari, mazkur maqolada har bir huquqiy tizimning dalillar maqbulligi sohasidagi ijobiy va salbiy tomonlari, huquqshunoslarning mazkur masala yuzasidan fikrlari keltirilgan. Maqolada dalillarning foydalanishga ruxsat berilishi uchun yuqori talablarni belgilash bilan jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatga erishish o‘rtasida ob’ektiv va mantiqiy bog‘liqlik borligi qayta proporsional deb ta’riflangan. Maqola yakunida dalillar maqbulligi ahamiyatining mualliflik tushunchasi berilib, tizimning dalillar maqbulligi xususiyatlarini jinoyat protsessi maqsadi va jinoiy-protsessual munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari amalga oshirilishining o‘zaro bog‘liqligi ta’riflab berilgan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
umumiy huquq davlatlari, isbot qilishning anglo-sakson tizimi, dalillar maqbulligi, istisnolar qoidalari, dalillarning ahamiyati, dalillarning ishga aloqadorligi, haqiqatni aniqlash.