VOYAGA YETMAGANLAR HAQIDAGI QONUNCHILIK IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARI

Ibragimov Diyorbek Shuhrat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlili bayon etilgan. Shuningdek, ularning huquq va erkinlarini ta’minlashda prokuratura organlarining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy asoslar tizimli ravishda o‘rganilgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, prokuratura organlarining voyaga yetmaganlar sohasidagi faoliyati yuzasidan ayrim tashkiliy masalalar tahliliy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Qayd etilishicha, voyaga yetmaganlar sohasidagi ayrim nazorat ob’ektlari faoliyatida bir qator qonun buzilishi holatlari uchramoqda. Xususan, 2020 yil davomida prokuratura organlari tomonidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarda o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, 100 dan ortiq qonunga zid hujjatlar prokuror protestiga ko‘ra bekor qilinib, 150 ga yaqini qonunga moslashtirilgan. Shu bois voyaga yetmaganlar bilan bevosita faoliyat ko‘rsatuvchi davlat idoralari tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida ayrim normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati, huquqiy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar, prokurorlik faoliyati.
Iqtibos uchun
For citation: