OʻZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGIDA AXBOROT VOSITACHISINING HUQUQIY MAQOMI MASALALARI

Nurullayev Umidbek Xudayberdiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqola “axborot vositachisi” tushunchasining huquqiy maqomi va uni tartibga solish mexanizmlarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan. Axborot vositachilarining huquqiy maqomini chuqur oʻrganish, xalqaro tajribani tahlil qilish va milliy qonunchilikka mos takliflar ishlab chiqish zamonaviy yuridik ilm-fan oldidagi dolzarb vazifa boʻlib bormoqda. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar qonunchiligidagi amaliy tajriba, normativ hujjatlar oʻrganildi, axborot vositachilariga nisbatan qoʻllanadigan turli tushunchalar – servis-provayder, axborot jamiyati xizmati provayderi, interaktiv kompyuter xizmati provayderi, onlayn-platforma, bloger, influyenser kabi atamalar, ularning mazmun-mohiyati koʻrib chiqildi. Tadqiqot natijalari axborot vositachilarining huquqiy maqomiga yagona, xalqaro darajada tan olingan yondashuv mavjud emasligini koʻrsatdi. Maqolada aynan shu yoʻnalishdagi masalalar, xususan, AQSH va Yevropa Ittifoqi qonunchiligida axborot vositachilari uchun ishlab chiqilgan normativ yondashuvlar, ularning Oʻzbekiston uchun ahamiyati hamda mavjud huquqiy boʻshliqlarni toʻldirish zarurati qiyosiy-huquqiy, tarixiy, analitik, kazusli va konseptual tahlil metodlari asosida tadqiq qilingan. Maqola yakunida muallif Oʻzbekiston qonunchiligida axborot vositachilari tushunchasi va ularning maqomi boʻyicha aniq va tizimli taʼriflar mavjud emasligiga eʼtibor qaratib, bu maqomni belgilashga doir oʻz takliflarini ilgari surgan.
Kalit so'zlar
axborot vositachisi, servis-provayder, onlayn-platforma, bloger, influyenser, DMCA, CDA, kontent tarqatish, domen nomi egasi, xosting provayder
Iqtibos uchun
For citation: