OLIY TА’LIMNI MOLIYALАSHTIRISH: QIYOSIY TАHLIL
G‘oziyev Kozimbek Javlonbekovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada taʼlimni moliyalashtirishda xayriya fondlarini tashkil etish va boshqarishning mazmun-mohiyati АQSh, Аngliya va boshqa mamlakatlar misolida yoritilgan hamda O‘zbekistondagi holat tahlil qilingan. Mavjud milliy qonunchilikni tahlil etish asnosida oliy o‘quv yurtlarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Sohaga keng avtonomiya va erkinlik berish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga, oliy taʼlimni moliyalashtirish asoslarini bugungi kun talablariga moslashtirish, xorijiy tajriba asosida fondlar tashkil etish masalasi ko‘tarilgan hamda umumiylik, o‘xshashlik va o‘ziga xosliklar, qiyoslash usullaridan foydalangan holda o‘rganilgan. Tegishli xulosalar chiqarilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishlari haqida taklif va tavsiyalar berilgan. Oliy taʼlim tashkilotlarining moliyaviy mustaqillik borasidagi muammolarini bartaraf etishning zamonaviy yechimlaridan biri sifatida chet el davlatlarining universitetlari amaliyotini qo‘llagan holda xayriya (endowment) fondlarini tashkil qilish qayd etilgan. Muallif tomonidan xayriya fondlarining tadrijiy rivojlanish tarixi, ularning G‘arb va Sharq mamlakatlarida shakllanishi, bugungi kundagi holati, taʼlim samaradorligini oshirish uchun oliy o‘quv yurtlari huzurida mazkur toifadagi taʼlim xayriya fondlarini tashkil qilishning dolzarbligi ochib berilgan.
Kalit so'zlar
endowment, moliya, aktiv, vaqf, oliy taʼlim tashkiloti, xayriya fondi.
Iqtibos uchun
For citation: