ARIZA (SHIKOYAT)NING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY ISH YURITISH TARTIBIDA KO‘RIB CHIQILISHINI ANIQLASHNING ILMIY-AMALIY TAHLILI
Nematov Jurabek Nematilloyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professor v.b, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada biz O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy ish yuritish tartibida ariza (shikoyat)ning ko‘rib chiqilishini aniqlashga doir ayrim huquqiy muammolarni ochib berishga harakat qilamiz. O‘zbekistonning sud amaliyoti va qonunchiligida ma’muriy da’volarning maqbulligi tushunchasidan foydalanilmagan. Ammo Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda ma’muriy ish yuritishda ma’muriy da’volarning maqbulligi va asosliligi tushunchalari alohida ajralib turadi. Ushbu tushunchalar ma’muriy ish yuritishda sudning rasmiy talablariga ko‘ra mohiyatan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan da’volarni kesish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu esa sudlarga rasmiy talablar asosida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan ishlarni ko‘rib chiqish uchun vaqt va mablag‘ni behuda sarf qilmaslikka yordam beradi. Shuningdek, ma’muriy ish yuritishda da’voning maqbulligi shartlari bo‘yicha talablarning qo‘yilishi keraksiz da’volar qo‘zg‘atilishining oldini oladi va shu bilan sudlarga faqat yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan nizolarni ko‘rishga sharoit yaratiladi. Shikoyatlar kamaymoqda, sudlarning ish yuki ham mo‘tadil bo‘lib bormoqda. Bu esa qonun nuqtayi nazaridan, haqiqatan ham, muammoli ishlarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Shuning uchun ma’muriy ish yuritishda da’voning qabul qilinishi keraksiz da’volarni kesish va muammoli nizolarni ko‘rib chiqish uchun juda muhim mexanizmdir. Boshqa tomondan, agar sudlar keraksiz da’volardan ozod qilingan bo‘lsa, ma’muriy ish yuritishda bo‘lgan ishlarni sifatli ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu maqolada shikoyat qilish instansiyasi yuzasidan tartibni (subsidiarlik) tugatish, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) berishning ruxsat etilgan muddatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sud ishlarini yuritish, sud amaliyoti, ma’muriy sudlar, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) ko‘rib chiqilishini aniqlash, da’vo predmeti, shikoyat qilish instansiyasi yuzasidan tartibni (subsidiarlik) tugatish, ma’muriy ish yuritishda ariza (shikoyat) berishning ruxsat etilgan muddatlari, protsessual huquq layoqati va protsessual layoqati, da’vo qo‘zg‘atish huquqi, da’vo qo‘zg‘atishning maqbul asoslari, shartlari va shakli.