O‘ZBEKISTONDA ADVOKATLIK INSTITUTI MUSTAQILLIGINI TA’MINLASHNING TASHKILIY VA MUAMMOLI JIHATLARI

Mamayeva Makbal Nurjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida advokatura mustaqilligi tashkiliy tamoyillarini ta’minlash bo‘yicha ishlarning bugungi holatiga nisbatan mualliflik tahlilidan iborat. Mavjud fikr-mulohazalarni o‘rganish, qonun hujjatlarini tahlil qilish, shuningdek, ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan tanishish asosida muallif O‘zbekistonda advokatlik faoliyatini o‘zini o‘zi boshqarish va o‘z-o‘zini tashkil etish tamoyillari yetarlicha samarali amalga oshirilmasligi, davlat, xususan, adliya organlari tomonidan ma’lum bosim o‘tkazish uchun imkoniyat qoldirishi xususidagi xulosaga keladi. Jumladan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash (kasbga kirish), advokatlar korporatsiyasi rahbariyatini shakllantirish, shuningdek, advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish kabi holatlarda adliya organlarining ta’sir ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risidagi fikrlarni asoslantiradi. AQSh, Angliya, Fransiya, Finlandiya, Isroil, Avstriya, Italiya, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Moldova kabi davlatlar tajribasini hisobga olgan holda muallif O‘zbekistonda advokatlar korporatsiyasining o‘zini o‘zi tashkil etish va o‘zini o‘zi boshqarishning institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Kalit so'zlar
advokatura, advokat, litsenziyalash, mustaqillik, kafolatlar, advokatlar korporatsiyasi, intizomiy javobgarlik, malaka, adliya organi.
Iqtibos uchun
For citation: