YURIDIK SHАXSGА NISBАTАN QO‘LLАNADIGАN HUQUQNI INKORPORАTSIYA MEZONI BO‘YICHА АNIQLАSH MUАMMOLАRI

Abduqodirov Abdurauf Bahodir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik xalqaro markazi OTB ishtirokidagi loyiha huquqshunosi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro xususiy huquqiy munosabatlarda yuridik shaxsga nisbatan qo‘llanadigan qonunni aniqlash bo‘yicha inkorporatsiya nazariyasining ahamiyati, uning doktrina va qonunchilikda qo‘llanishi, xalqaro shartnomalarda aks etganligi hamda amaliyotda tutgan o‘rni tadqiq qilingan. Bundan tashqari, inkorporatsiya mezoni qo‘llanadigan xorijiy davlatlar qonunchiligi guruhlarga bo‘lib tasniflangan hamda inkorporatsiya mezonining boshqa mezonlar bilan birga qo‘llanishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topgan. Shuningdek, inkorporatsiya mezoni yuridik shaxs shaxsiy qonunini aniqlashga nisbatan ham, yuridik shaxs millatini aniqlashga nisbatan ham qo‘llanishi isbotlandi. Аyni paytda inkorporatsiya mezonining afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjudligi uchun faqat o‘zini yagona mezon sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Maqolani yozish davomida tarixiylik, qiyosiylik, izchillik kabi metodlardan foydalanildi.
Kalit so'zlar
shaxsiy qonun, millat, inkorporatsiya, xalqaro xususiy huquq, fuqarolik huquqi, investitsiya.