BUYUK BRITANIYANING JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHGA DOIR ILGʻOR TAJRIBALARI VA ULARNING AYRIMLARINI MILLIY TIZIMGA JORIY ETISH MASALALARI

Nigmatov Ruftullo Olimdjonovich

IIV Akademiyasi boshligʻining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, PhD, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada Buyuk Britaniya jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining huquqiy asoslari, asosiy qonunlari va dasturlari tahlil qilinib, ushbu tajribaning Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Jumladan, Buyuk Britaniya davlatining qonunchilik tizimi va profilaktik strategiyalari, jamoatchilik bilan hamkorlik, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tajribasi, qolaversa, ushbu davlatda jinoyatchilik darajasining oʻzgarishi, muayyan jinoyat turlarining koʻpayishi yoki kamayishi sabablari, mazkur sohada erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar oʻrganildi. Tadqiqotda umumiy tahlil, qiyosiy-huquqiy tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Buyuk Britaniya qonunlari va amaliy dasturlari samaradorligi baholanib, Oʻzbekiston uchun foydali model sifatida koʻrildi. Xususan, mahalliy xavfsizlikni taʼminlashda fuqarolar ishtirokini oshirish, shaharsozlikda xavfsizlik standartlarini joriy etish va profilaktik choralar integratsiyasi kabi takliflar ilgari surildi.  Oʻzbekistonning mahalla tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, unda jamoatchilik ishonchini mustahkamlash hamda jinoyatchilikni kamaytirishga oid muhim yoʻnalishlar berildi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda mavjud normativ-huquqiy baza va amaliy mexanizmlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilikning faol ishtirokini taʼminlash hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishning yangi yoʻllarini ochib beradi.
Kalit so'zlar
jinoyatchilikka qarshi kurashish, Buyuk Britaniya, profilaktik strategiyalar, fuqarolar ishtiroki, mahalla tizimi, xavfsizlik standartlari, politsiya faoliyati, kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurashish, jamoatchilik xavfsizligi, jinoyatchilik darajasi
Iqtibos uchun
For citation: