SUD HOKIMIYATI ORGANLARIDA SUN’IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI: NAZARIYA VA AMALIYOT
Bozarov Sardor Sohibjonovich
Toshkent davlat yuridik universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif tomonidan sudlarda sunʼiy intellektning asosiy vazifalari: maʼlumotlarni tashkil etish, maslahat berish, bashorat-oldindan taxmin qilish kabi funksiyalari tahlil etilgan. Bundan tashqari, ushbu maqolada sud amaliyotida SIning qo‘llanilishi tamoyillari: axloqiy, inson huquqlari hurmat qilinishi, teng munosabatda bo‘lish, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, shaffoflik, sunʼiy intellektning foydalanuvchilar nazorati ostida bo‘lishi tamoyillari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, muallif o‘z maqolasida sunʼiy intellektdan sud hokimiyati organlarida samarali foydalanish kabi masalalarni atroflicha o‘rgangan. Muallif o‘z xulosasida sunʼiy intellektni sudda qo‘llashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surgan. Sud amaliyotining bir xilligi va sud hujjatlarining ochiqligi taʼminlanadi. Fuqarolar uchun sunʼiy intellekt АT sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalangan holda, sud ishlarini ko‘rib chiqish natijalarini topish va baholash uchun sifatli vositaga aylanadi. Bu daʼvogarga sudga daʼvo qilingan arizaning muvaffaqiyatli bo‘lish ehtimolini taxmin qilish va shu asosda ishni sudga bermasdan qaror qabul qilish imkonini beradi.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt, bashorat-oldindan taxmin qilish, axloqiy tamoyillar, inson huquqlari hurmat qilinishi tamoyili, teng munosabatda bo‘lish tamoyili, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, sud hokimiyati organlari, raqamlashtirish, sunʼiy intellektni nazorat qilish, katta hajmdagi maʼlumotlar (big data).
Iqtibos uchun
For citation: