SOLIQ NIZOLARINI MUQOBIL HAL ETISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Ergashev Ikrom Abdurasulovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada soliq nizolarini muqobil hal etish huquqiy mexanizmlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan soliq nizolarini hal qilishga doir normalar tizimli tahlil qilingan, bu borada xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy o‘rganilgan, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan, tahlil qilingan sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizda soliq sohasida yuzaga keladigan soliq nizolarini muqobil hal etish hamda soliq sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan. Bugungi kunda mamlakatda soliq maslahati sohasi tizimli va bosqichma-bosqich shakllanayotganligi alohida ta’kidlangan. Shu qatorda, soliq to‘lovchilar uchun birdek adolatli, shaffof soliq tizimini yaratish va soliq nizolarini muqobil hal etish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tizimli ishlar o‘rganilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
soliq organlari, soliq to‘lovchi, soliq nizosi, Soliq maslahati, Soliq maslahatchilari tashkiloti, soliq maslahatchilarining reestri, kelishmovchilik.
For citation: