NORMA IJODKORLIGI JARAYONINI ILMIY AXBOROT BILAN TAʼMINLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

Sodiqov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada norma ijodkorligi jarayonini ilmiy axborot bilan ta’minlash mexa­nizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jara­yonida ilmiy axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. Mazkur tadqiqot ishi natijasida norma ijodkorligi jarayonini ilmiy axborot bilan ta’minlash tushunchasi ishlab chiqilgan, “evidence-based lawmaking” konsepsiyasini mamlakatimiz qonunchiligiga joriy etish, mutaxassis yoki olimlarning ilmiy xulosasini qonun loyihalariga ilova qilish mexanizmi, ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni ommaviy onlayn axborot tizimida e’lon qilish tizimini ishlab chiqish, “Ilmiy axborot” milliy ilmiy-texnik bazasini yaratish, olim va mutaxassislarning yillik reytingini aniqlash mexanizmini yaratish takliflari ilgari surilgan. Tadqiqot natijalaridan ilmiy izlanishlar olib borish, normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini sharhlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish, Davlat va huquq nazariyasi, Norma ijodkorligi va Yuridik texnika o‘quv modullaridan ta’lim berish hamda mazkur modullarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada boyitishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
“evidence-based lawmaking”, ilmiy axborot, ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar, ilmiy xulosa, norma ijodkorligi, norma ijodkorligini ilmiy axborot bilan ta’minlash, “science-based lawmaking”.