TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA BELGILANGAN SUD-HUQUQ SOHASIGA OID MAQSADLARNI AMALGA OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Suvanov Sardor Baxadirovich

Sirdaryo viloyat Guliston tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–60-son Farmoni hamda mazkur Farmon bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy mazmun-mohiyati, undagi sud-huquq sohasiga oid kelgusi maqsadlar va ularni amalga oshirish masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Xususan, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan xususiy mulk huquqining daxlsizligi, shaxs huquqlarini cheklash, mahkum va mahbuslarni qiynoqlardan himoya qilish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish funksiyasining xususiy sektorga oʻtkazilishi kabi masalalar soha olimlarining ilmiy qarashlarini keltirgan holda tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada ushlab turish davomida huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning oliy taʼlim olishi (masofaviy shaklda) uchun imkoniyat va sharoitlar yaratish, mahkumlarning mehnat va ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda ularning mehnat mahsulini realizatsiya qilish maqsadida elektron savdo doʻkoni portalini ishlab chiqish, tergov sudyasi institutini joriy etgan holda, mol-mulkni xatlash, tintuv, telefon soʻzlashuvlarini eshitib turish kabi protsessual harakatlarni sudning ruxsati bilan amalga oshirish tartibini joriy etish, “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursida tahsil olayotgan talabalarga advokatlik tuzilmalarida stajirovka oʻtash imkoniyatini yaratish kabi masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
Taraqqiyot strategiyasi, mulk daxlsizligi, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, shaxs huquqlarini cheklash, ijtimoiy huquqlar, sud nazorati.