-LA + -SH VA -LASH AFFIKSLI SOʻZSHAKLLAR ORASIDAGI OMONIMIYA
Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada oʻzbek tilida qoʻshma affiks va affikslar tizmasidagi omonimiyaga oid affikslarni guruhlarga ajratish, ular oʻrtasidagi semantik munosabatlar, ularning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, bundan omoaffikslarni tartibga solish yuzasidan fikrlar bildirilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini lisoniy oʻrganib, omoaffikslarning qoʻllanishi, xususan, mazkur ishimizda tadqiq qilinayotgan -lash hamda -la + -sh affikslarini oʻrganilgan. Feʼl soʻz turkumlari orasida oʻzining murakkabligi, munozarali tomonlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Feʼllarda mana shunday muammolardan biri koʻp yillardan beri tilshunos olimlarning diqqat-eʼtiborini tortib kelayotgan -lash affiksini baholash, uning maʼno xususiyatlarini oʻrganishdir. Maʼlumki, nutqda bu affikslar bilan yasaluvchi feʼllarning soʻzshakllariga -la + -sh affikslar tizmasi qatnashadigan feʼl soʻzshakllari omonim boʻlib keladi. Maqolada -la affiksi bilan yasalgan feʼl nisbatlarining turli koʻrsatkichlari bilan qoʻllanadi, -lash affiksi bilan yasalgan soʻzshakllariga omonimik munosabatda boʻladi. Feʼldagi mana shu jumboqli, bir-biriga bogʻliq masalalarni oʻrganish nazarda tutilgan. Oʻzbek tilshunosligida feʼl turkumining yoritilishi, xususan, shu mavzuni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarining oʻrganib chiqilganligi haqida ham toʻxtalib oʻtilgan. Ayniqsa, -lash affiksi bilan hamda -la + -sh affikslari tizmasi bilan kelgan feʼllar “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan terib olingan, badiiy adabiyotlardan misollar toʻplangan. Toʻplangan maʻlumotlar mavjud nazariy fikrlar asosida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
qoʻshma affiks, omoaffiks, feʼl turkumi, feʼl nisbatlari, soʻzshakllar, semantik munosabatlar, affikslar tizmasi, omonimiya, nisbat koʻrsatkichlari.
Iqtibos uchun
For citation: