JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISHNI RAD ETISH: NAZARIY VA AMALIY MUAMMOLAR

Xudaybergenov Baxram Kuanishbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti v. b.,

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat-protsessual huquqining jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish institutiga oid dolzarb muammolari tahlil qilingan. Ushbu institut jinoyat-protsessual huquq tizimida muhim ahamiyatga ega, chunki tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqidagi kelib tushgan ariza yoki xabarning taqdiri unga bogʻliqdir. Ushbu institutni batafsil tahlil qilish maqsadida muallif tomonidan huquqni qoʻllash amaliyotini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy, shuningdek, ichki-idoraviy hujjatlar oʻrganilgan. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish institutiga oid bugungi kungacha mavjud boʻlgan ilmiy tadqiqotlar asosida muallif jinoyat ishini qoʻzgʻatishni asosli va qonuniy rad etish mezonlarini qiyosiy tahlil qiladi. Muallif jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etishning protsessual tartibini oʻrganib chiqib, jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi, belgilarni tekshirish uchun asos boʻluvchi qarorda Oʻzbekiston Respublikasi JPKning normalarida nazarda tutilgan bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar, band, qism, moddaga havolalarni koʻrsatish zarurligini taʼkidlaydi. Mazkur tartibning buzilishi ushbu qarorning yuridik kuchining yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorning toʻgʻri qabul qilinishi shaxsning noqonuniy va asossiz jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olishi mumkin.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, jinoyat ishi, jinoyat ishini qoʻzgʻatish bosqichi, dolzarb muammolar, jinoyat-protsessual normalar, jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish.