BANK KARTALARIDAN FOYDALANISH BILAN BOGʻLIQ FIRIBGARLIK JINOYATLARINING KRIMINALISTIK TAHLILI

Hamidov Baxtiyor Hamidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi
katta oʻqituvchisi

Nosirov Amirxon Bahodir oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining umumiy tushunchasi va kriminalistik tahlili bayon etilgan. Unda bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining kriminalistik tavsif elementlari, ya’ni jinoyat predmeti, jinoyat sodir etish usullari, jinoyat izlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, jinoyat shart-sharoitlari yoritilgan. Shu bilan birga, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatini tergov qilishda raqamli izlar bilan ishlash jarayoni, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar hamda boʻshliqlar tanqidiy koʻrib chiqilgan. Ularni bartaraf etishning ilmiy asoslangan yoʻllari va mezonlari ishlab chiqilgan. Maqola raqamli izlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchi xodimlar fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan. Bundan tashqari, onlayn jinoyat turlaridan biri boʻlmish internet tovlamachilik jinoyatini bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatiga oʻxshash jihatlari muhokama qilingan. Maqolada sohada yuzaga kelayotgan muam­molar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan, mualliflik xulosalari shakllantirilgan. Qonun chiqaruvchi va uni qoʻllovchi subyektlar uchun ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
bank kartalari, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatlari, jinoyat izlari, jinoyat usuli, jinoyatchi shaxsi, elektron toʻlov tizimlari.