TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING MULK HUQUQI DAXLSIZLIGI

Azizov Xudoyqul Tojiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori, professor, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada davlat Konstitutsiyasidagi eng muhim fundamental huquq – xususiy mulk huquqi bilan bog‘liq asosiy muammolar tadqiq qilinadi, xususiy mulk daxlsizligi konstitutsiyaviy tamo­yilining mazmunini aniqlashga doir yondashuvlar ilgari suriladi, subyektiv huquqlar va tegishli tarmoq (fuqarolik huquqi) o‘rtasida farqlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va xususiy mulk huquqining eng muhim (konstitutsiyaviy) mulk obyektlariga nisbatan tartibga solish xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif obyektiv muqarrarlik bilan yuzaga keladigan, insonning ashyolar bilan aloqasi qonuniyligi va uning doimiy ishlashini taʼminlaydigan mulk daxlsizligining fuqarolik-huquqiy prinsipiga eʼtibor qaratadi. Biroq maqolada taʼkidlanganidek, ushbu asosiy prinsipni samarali amalga oshirish uchun resurslarni adolatli taqsimlash va zamonaviy fuqarolik jamiyatining fundamental tamoyillarini tasdiqlash bilan bog‘liq mulk huquqlarining ijtimoiy funksiyasini ko‘rib chiqish va hisobga olish kerak. Maqsad mulk huquqlarini maj­buriy ravishda bekor qilish bilan bog‘liq munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish shakllarini tahlil qilish hamda mulk daxlsizligi prinsipini samarali amalga oshirish va uning namoyon bo‘lishining moddiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda, ushbu institutni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asos­langan tavsiyalar ishlab chiqish. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklash va xususiy mulk daxlsizligining buzilishi bilan bog‘liq amaliy misollar keltirilib, muammoli holatlarni bartaraf etishga doir yechimlar berilgan.
Kalit so'zlar
xususiy mulk, daxlsizlik, cheklov, davlat va jamiyat ehtiyojlari, kompensatsiya.
Iqtibos uchun
For citation: