АHOLI VА TАDBIRKORLIK SUBYEKTLАRIGА ELEKTRON DАVLАT XIZMАTLARI KO‘RSАTISH TIZIMINI TАKOMILLАSHTIRISH
Rahmatov Аzizbek Iskandar o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
mustaqil izlanuvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi bosh maslahatchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari bilan bir qatorda elektron davlat xizmatlari tushunchasi, undan foydalanish tartibi va o‘ziga xosliklari yoritilgan. Xususan, o‘tgan ikki yil davomida yurtimizga kirib kelgan pandemiya masofadan turib ishlash, davlat organlari bilan elektron muloqotga kirishish va davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish qay darajada ahamiyat kasb etishini isbotladi. Maqolada, shuningdek, davlat xizmati va elektron davlat xizmati tushunchasi, so‘nggi besh yilda davlat xizmati sohasida yaratilgan qonunchilik bazasi, ushbu sohada olib borilgan ishlar yoritib berilgan. Elektron davlat xizmatlari fuqarolarning vaqti va mablag‘ini tejab qolmasdan, ortiqcha ovoragarchiliklar, davlat organi bilan bevosita aloqaga kirishishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli byurokratik to‘siqlar va korrupsion holatlarning oldini oladi. Shu qatorda bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar qatorida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar, amaliyotdagi muammolar haqida ham so‘z yuritilgan. Shunga ko‘ra, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, uni keng ommalashtirish, davlat organlari o‘rtasida o‘zaro elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni raqamlashtirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga qisqa muddatda xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
elektron hukumat, davlat xizmati, elektron davlat xizmati, “yagona darcha” prinsipi, integratsiya, raqamlashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: