FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI HUJJATLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Habibullayev Davlatjon Yulchiboevich

TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi hujjatlari tushunchasi va ularning turlari tahlil etilgan. Xususan, sud hujjatlari tushunchasi va turlari, bu boradagi huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilgan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga qo‘yilgan talablar tahlil etilgan. Sud hal qiluv qarori xulosa qismida nimalar ko‘rsatilishi, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy tahlil etilib, milliy fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Shuningdek, ishda sirtdan ish yuritish tushunchasi, maqsadi va uning o‘ziga xos protsessual xususiyatlari, sirtdan ish yuritish bo‘yicha xorijiy tajriba tahlil etildi va milliy protsessual qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, ushbu maqolada sud ajrimi tushunchasi va ularning tasnifi ilmiy-nazariy o‘rganib chiqildi. Huquqshunos olimlarning ilmiy qarashlari tahlil etilib, sud ajrimlarini tasniflash mezonlari ko‘rsatib berildi. Birinchi instansiya sudining hujjati sifatida sud buyrug‘i va uning ahamiyati, bu boradagi sud amaliyoti, sud statistik ma’lumotlari o‘rganildi va xorijiy davlatlar fuqarolik protsessual qonunchiligi qiyosiy tahlil etildi.
Kalit so'zlar
sud, sudya, odil sudlov, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, sud hujjatlari, sud hal qiluv qarori, ajrim, sud buyrug‘i, sirtdan hal qiluv qarori, sirtdan ish yuritish.
Iqtibos uchun
For citation: