О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISLOM MOLIYASINING HUQUQIY ASOSLARINI YARATISH MASALALARI
Turaboyev Ixtiyorjon Qobilovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Hozirgi paytda an’anaviy moliyaviy institutlarga muqobil ravishda islom prinsiplariga asoslangan moliyaviy institutlar va ular tomonidan taklif qilanayotgan xizmatlarning roli oshib bormoqda. Maqolada islomiy moliya institutlarining о‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning an’anaviy moliya institutlaridan farqlari tahlil qilingan. Shuningdek islom moliya institutlarining Markaziy Osiyo davlatlarida rivojlanish holatlariga ham tо‘xtalib о‘tilgan. Muallif tomonidan О‘zbekiston Respublikasida islom moliyasini joriy qilish bо‘yicha amalga oshirilgan harakatlar tahlil qilingan va islom moliyasi xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha muammolar kо‘rsatib о‘tilgan. О‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda mamlakat rahbariyati tomonidan islomiy moliya asoslarini kiritish bо‘yicha fikr bildirilganligi mamlakatda mazkur sohada amalga oshirilishi zarur harakatlarni belgilab olish muhimligini ko‘rsatadi. Mamalakat rahbari tomonidan islom prinsiplariga asoslangan moliya xizmatlarini kо‘rsatishning huquqiy asoslarini yaratish bо‘yicha siyosiy irodasi mavjud bо‘lsa-da, mazkur sohada ishlar sust amalga oshirilayotganligi ta’kidlab о‘tilgan. Maqolada muallif tomonidan mamlakatimizda islomiy moliya xizmatlar kо‘rsatuvchi subyektlarni yaratish va ularning sonini kо‘paytirish hamda aholini mazkur xizmatlardan foydalanishiga shart-sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
islom moliyasi, islom banki, ribo, g‘orar, qonunchilik.
Iqtibos uchun
For citation: