ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA EKOLOGIK NORMATIVLARNI O‘RNATISHDA IJTIMOIY SHERIKLIKNING ROLI (HUQUQIY JIHAT)
Rajabov Nariman Sharifbayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy sheriklikning ayrim masalalari, xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik me’yor (normativ) larni ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘rnatish, ularga barcha subyektlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatida ushbu sheriklikning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ijtimoiy sheriklikni ekologik me’yorlashni amalga oshirishdagi o‘rni, jumladan, uning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirishdagi xususiyatining dolzarb huquqiy masalalari va ularni hal etish yo‘llari tahlil etilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va fuqarolarning ekologik xavfsizligini ta’minlash sohasida ijtimoiy sheriklikning xorij tajribasi o‘rganildi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ekologik me’yorlar va standartlarni belgilashda jamoatchilik ishtirokining xususiyatlari ham o‘rganilgan. Ekologik muammolarni hal etish uchun ijtimoiy sheriklik mexanizmi ham tahlil qilingan, ya’ni tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy asoslangan cheklovlarni o‘rnatish masalasi. Kelajakda ishchilar va ish beruvchilar kasaba uyushmalari Federasiyasi bilan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish, muayyan hududda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yovvoyi tabiat obyektlarini ko‘paytirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli tahlil etildi. O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitining holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan. Prirovardida tabiatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini takomillashtirish bo‘yicha xulosa chiqarildi va taklif bildirildi.
Kalit so'zlar
ijtimoiy sheriklik, demokratik institutlar, ekologik normativ, ekologik me’yorlash, atrof tabiiy muhit sifati normativlari, yo‘l qo‘yiladigan daraja, zararli yoki ifloslantiruvchi moddalar.
Iqtibos uchun
For citation: