FRANSUZ RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI VA JAVOBGARLIKNI ISTISNO QILUVCHI HOLATLAR (QIYOSIY TAHLIL)

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada Fransuz Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Fransuz Respublikasining 1992-yil 22-iyulda qabul qilinib, 1994-yil 1-mart sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksining amaldagi tahriri bo‘yicha jazoni yengillashtirish instituti umumlashtirilgan holda, xususan, ruhiy holatning buzilishi holatida, shu jumladan, aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar, tamom bo‘lmagan jinoyatlar va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari, shuningdek, yarashuv instituti, javobgarlik va jazodan ozod qilish institutlari, jazoni bo‘lib-bo‘lib ijro qilish instituti hamda Fransuz Respublikasi jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik shaxslar javobgarligining ayrim masalalari o‘rganilgan. Har ikkala mamlakat jinoyat qonunlarining qiyosiy tahlili yuzasidan mazkur jinoyat qonunlarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan. Amalga oshirilgan qiyosiy tahlil yuzasidan xulosalar keltirilib, yakuniy fikr sifatida jazoni bo‘lib-bo‘lib ijro etish institutini O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonuniga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jazoni yengillashtiruvchi holatlar, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar, ruhiy holatning buzilishi, tamom bo‘lmagan jinoyat, voyaga yetmagan shaxs, jinoyatda ishtirokchilik.