HUKUMAT FAOLIYATINI PANDЕMIYA SHAROITIDA TASHKIL QILISH VA HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARIGA OID MULOHAZALAR

Hoshimxonov Ahror Mo‘minovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada hukumat faoliyatini pandemiya sharoitida tashkil qilish va huquqiy tartibga solish masalalariga oid mulohazalar berilgan. Normativ-huquqiy baza va boshqa ochiq manbalarning tahlili asosida turli huquqiy tizim va boshqaruv shakllariga ega bo‘lgan mamlakatlarda pandemiya sharotida hukumatning vakolatlari va majburiyatlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Favqulodda vaziyatlarda hukumatlar faoliyatini tashkil etish va tartibga solishdagi muammolarning huquqiy jihatlari tadqiq etilgan. Bunda xorijiy davlatlar tajribasi, O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslari, BMTning tavsiyalari asosida mavjud tendensiyalar o‘rganilgan. Hukumatlarning qonun va norma ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki va parlament vakolatlarining hukumatga berilishi jarayonida inson huquqlarini ta’minlash masalasiga alohida urg‘u berilib, zamonaviy hukumat oldiga “raqamli notenglik”ning oldini olishdagi eng muhim yo‘nalishlar yuzasidan takliflar berilgan. Hukumat faoliyatini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
pandemiya, hukumat, huquq ijodkorligi, huquqiy tizim, davlat xizmatlari, davlat organlari tizimi.
Iqtibos uchun
For citation: