KOMMANDIT SHIRKAT INVESTITSIYA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH INSTITUTI SIFATIDA: GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI QONUNCHILIGI VA AMALIYOTI

Erkabayeva Shahnoza Ikromjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
“DAS AND LAW” AFda advokat
Annotatsiya
Ushbu maqolada Germaniya Federativ Respublikasi qonunchiligi asosida kommandit shirkatning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Shuningdek, investitsion faoliyatni amalga oshirishda kommandit shirkat institutining qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida keltirilgan investitsion fondlarning huquqiy maqomi keltiriladi. Tadqiqotning maqsadi investitsion faoliyatni amalga oshirishda ushbu tashkiliy-huquqiy shaklning qo‘llanilishini xorij tajribasi asosida o‘rganish hamda kommandit shirkatning Germaniya qonunchiligi va amaliyotida o‘z ifodasini topgan ustun tomonlarini keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq qilish maqsadida aniqlashdir. Tadqiqotning dolzarbligi bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi investitsion salohiyati rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan milliy qonunchiligimizda aks etgan bir qator kamchiliklarning mavjudligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning asosiy metodlari qatoriga tarixiy metod, nazariy analiz va sintez metodi, qiyosiy-huquqiy analiz metodi hamda Delfi metodi kiradi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz investitsion potensialini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mavjud shirkat va sherikchilik shakllarini isloh qilish bo‘yicha takliflar beriladi. Mazkur takliflar davlatimiz rahbari tomonidan “Sherikchilik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasida kommandit shirkatning huquqiy asoslarini takomillashtirish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqot xulosalari sifatida shuni ta’kidlash joizki, milliy qonunchiligimizda aks etgan kommandit shirkat Germaniyada keng qo‘llanilayotgan kommandit shirkatning to‘liq analogi hisoblanadi, ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bundan mustasno. Ushbu o‘ziga xos xususiyatlarning milliy qonunchiligimizga tatbiq etilishi kommandit shirkatning investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun muqobil va qulay shaklga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
kommandit shirkat, Kommanditgesellschaft – KG, Germaniya Savdo kodeksi, to‘liq sherigi mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lgan kommandit shirkat (GmbH & Co. KG), investitsion fond, soliqqa tortish, to‘liq sherik, cheklangan sherik.
Iqtibos uchun
For citation: