KORRUPSIYANING SABABLARI VA DEMOKRATIK YECHIMLAR

Ahmadjonov Murodullo Nurali oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Namangan viloyati Kosonsoy tumani prokurorining yordamchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada korrupsiya boʻyicha amalga oshirilgan xorijiy tadqiqotlar tahlil qilinib, korrupsiyaviy jarayonlar va ulardan kelib chiqadigan xavf-xatarlarning rivojlanayotgan mamlakatlarda demokratik institutlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri batafsil muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida korrupsiyaning poraxoʻrlik, bozor va tizimli shakllari oʻzaro taqqoslanib, ularni vujudga keltiruvchi zaif siyosiy mexanizmlar, haddan tashqari byurokratik toʻsiqlar hamda iqtisodiy tengsizlik kabi omillar tanqidiy yondashuvda yoritiladi. Shu bilan birga, maqolada korrupsiya va taraqqiyot oʻrtasidagi murakkab oʻzaro bogʻliqlik ochib berilib, korrupsiya demokratik jamiyatning asoslarini yemiruvchi kuch ekaniga alohida urgʻu beriladi. Shuningdek, korrupsiyani kamaytirishda aholining faol ishtiroki, ochiqlik tamoyillari hamda davlat xizmatchilarining halolligi asosiy omillar sifatida koʻrsatib oʻtiladi. Tadqiqotda faqat jazoga tayangan yondashuvlar samarasizligi tanqid qilinib, muammoning ildizini yoʻqotishga qaratilgan tizimli islohotlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlanadi. Xususan, Gonkongning ICAC tashkiloti misolida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari va ularning amaliy natijalari koʻrib chiqiladi hamda korrupsiya xavfini kamaytirishda davlatning faqat jazolovchi funksiyasidan koʻra boshqaruv tizimlaridagi institutsional kamchiliklarni isloh qilish muhimroq ekani qayd etiladi. Demokratiya va korrupsiya oʻrtasidagi nozik va muammoli munosabatlar ham tahlil qilingan boʻlib, demokratik institutlar zaiflashuvi hamda nazorat mexanizmlarining ishlamasligi natijasida korrupsion xavf-xatarlarning kuchayishiga alohida urgʻu berilgan.
Kalit so'zlar
davlat boshqaruvi, shaffoflik, jamoatchilik nazorati, demokratik institutlar, korrupsion xavf-xatarlar, byurokratiya
Iqtibos uchun
For citation: