SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK: XALQARO-HUQUQIY YONDASHUV
Abbosov Mirsulton Mirsharof oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt tizimlari va avtonom texnologiyalar jadal rivojlanishining jinoyat-huquqiy munosabatlarga ta’siri, shuningdek, sun’iy intellekt va uning asosida ishlaydigan texnologiyalarning jinoyat-huquqiy tartibga solish sohasidagi o‘rni va roli hamda bu bilan bogʻliq dolzarb muammolar tahlil qilingan. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt ishtirokidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar uch guruhga tasniflanib, bunda sun’iy intellektning jinoyat quroli sifatidagi roli hamda uning mustaqil qaror qabul qilishi bilan bogʻliq holatlar alohida koʻrib chiqilgan. Ishda sunʼiy intellektning kvazisubyekt sifatidagi huquqiy maqomini aniqlash taklif etilgan va texnologik ishtirokchilik tushunchasi ko‘rib chiqilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida xalqaro jinoyat huquqini unifikatsiya qilish, shuningdek, texnologik taraqqiyot va inson huquqlarini himoya qilish oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash zarurati asoslantirilgan.
Kalit so'zlar
qonun ustuvorligi, sud tizimi, huquqni muhofaza qilish organlari, oʻzaro hamkorlik, huquqiy davlat, sud mustaqilligi, islohotlar, raqamlashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish
Iqtibos uchun
For citation: