QISHLOQ XOʻJALIGI SOHASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

Isanov Xolmurod Ruziyevich

Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi sohasini huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq muammolar ilmiy tahlil qilingan. Xususan, qishloq xoʻjaligi sohasining asosiy subyektlari hisoblangan fermer xoʻjaliklari va klasterlar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar tizimi, ushbu subyektlarning huquq va majburiyatlari, ularning huquqiy maqomi va javobgarligi toʻgʻrisida huquqshunos olimlar bildirgan ilmiy-nazariy qarashlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasiga oid Yevropa Ittifoqi va milliy qonunchilik normalari tahlil qilingan. Milliy huquq doktrinasida fermer xoʻjaliklari va klasterlar oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlarning huquqiy tabiati har tomonlama tadqiq etilmagani, ushbu subyektlar faoliyatiga davlat organlarining noqonuniy aralashishlari mavjudligi, klasterlar huquqiy maqomiga nisbatan yagona yondashuvning shakllanmagani, fermer xoʻjaliklari huquqiy himoyasini kuchaytirish, xususan, ularning mol-mulki daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish lozimligi toʻgʻrisida fikrlar bildirilgan. Klasterlar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan “Klasterlar va klaster faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish, shuningdek, ushbu qonunda klaster tushunchasi, uning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartib-taomillari, huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, shuningdek, klaster taʼsischilari tarkibini belgilash va ular oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish boʻyicha xulosalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
qishloq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi subyekti, klaster, fermer xoʻjaligi, tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari, huquqiy maqom, huquqiy tartibga solish
Iqtibos uchun
For citation: