AYB UCHUN JAVOBGARLIK PRINSIPI VA JINOYAT SUBYEKTI

Karaketova Dilnoza Yuldashevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat huquqidagi ayb uchun javobgarlik prinsipi hamda uning jinoyat subyekti bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil etilgan. Muallif Jinoyat kodeksining 9-moddasida ko‘zda tutilgan prinsipning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib, aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari, shuningdek, motiv, maqsad va hissiy holatlar kabi qo‘shimcha belgilarning ahamiyatini ta’kidlagan. Maqolada aybning falsafiy va huquqiy mohiyati, aybdorlik tushunchasi bilan farqi, shuningdek, chet el huquq tizimlari, xususan, Germaniya jinoyat qonunchiligidagi yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. Natijada jinoyat huquqida ayb subyektiv va obyektiv elementlar yig‘indisi sifatida qaralishi, jinoyat subyekti esa aybdorlikning asosiy tashuvchisi ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan. Muallif ayb uchun javobgarlik prinsipini shaxsning huquqiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq holda jinoiy javobgarlikni belgilashda hal qiluvchi omil sifatida baholagan.
Kalit so'zlar
prinsip, ayb, aybdorlik, jinoyat subyekti, qasd, ehtiyotsizlik, motiv, maqsad, affekt
Iqtibos uchun
For citation: