UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHDA TERGOVCHI VA TEZKOR QIDIRUV XODIMLARINING O‘ZARO HAMKORLIGI
Shonazarov Abduvali Shonazarovich
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlarini o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dastlabki tergovni amalga oshirish kabi protsessual harakatlarning qanday tartibda bajarilishi o‘z ifodasini topgan. Shu kabi kriminalistik munosabatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nafaqat jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanishi, balki zarur bo‘lgan jinoiy faoliyat belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish amalga oshiriladi. Tergovchilar va tezkor xodimlarning uyushgan jinoiy faoliyatning kriminalistik mohiyatini uning tegishli alohida turiga xos bo‘lgan tipik kriminalistik ma’lumotlar bilan solishtirishi bayon etilgan. Shuningdek, jinoiy guruh faoliyatining jinoyat ishi bo‘yicha tergovning dastlabki bosqichida tezkor-qidiruv, tergov va ekspert vazifalarini o‘z vaqtida va samarali hal qilishga yordam beradigan kriminalistik usullar va vositalardan foydalanish asoslangan. Tergovchi va tezkor xodimlar uyushgan jinoiy guruhlarni so‘roq qilishda tergov vaziyatlarini aniqlashning kriminalistik xususiyatlari yoritilgan. Tergovchilarning tergov taktikasi sodir etilgan jinoyatlarni ochish, uyushgan guruhning jinoyat usuli va mexanizmini to‘g‘ri aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
uyushgan jinoyatchilik, uyushgan guruh, kriminalistik tekshiruv, operativ-qidiruv faoliyati, nazorat-reviziya organlari, tergov materiallari, agentlar, axborot olish.