YER OSTI SUVLARINING HUQUQIY MUHOFAZASI – DOLZARB EKOLOGIK MASALA
Otamirzayev Oybek Murodullo o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Yer osti suvlarining ekologik ahamiyati uning boshqa tabiat obyektlari bilan muvozanatini ta’minlashda, ekologik qoidalarning iqtisoddan muhimligi, inson hayoti va kundalik turmush tarzida suvning muhim o‘ringa ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotda yer osti suvlarining muhimligi, ularni boshqa tabiiy resurslar: yer osti, suv va tuproq bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Ushbu maqolada yer osti suvlaridan umumiy va maxsus yo‘sinda foydalanishning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Tadqiqotda statistik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va empirik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda Buyuk Britaniya, Rossiya, Armaniston va boshqa yirik yurisdiksiyalar amaliyoti o‘rganildi. Natijada yer osti suvlari bilan bog‘liq munosabatlarda resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlardan aniqlanishicha, yer osti suvlari ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham ekologik masalalar bilan bog‘liqligi hamda bu sohadagi bilim va axborotlarning cheklanganligi, buning oldini olishda yagona ma’lumotlar platformasini tashkil etgan holda, ekologik ofat, favqulodda vaziyatlarda aniq, ishonchli ma’lumotlardan birgalikda foydalanish zarurdir. Maqolada bu masalalarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi huquqiy holati va uni yaxshilash bo‘yicha takliflar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
ruxsatnoma, muzliklar, iqlim o‘zgarishi, umumiy va maxsus foydalanish, ekotizim
Iqtibos uchun
For citation: