RAQAMLI AKTIVLAR TUSHUNCHASINING EVOLYUTSIYASI VA ULARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY TAHLILI
Yakubov Axtam Nusratulloyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va global iqtisodiyotga integratsiyasining kuchayishi natijasida “raqamli aktivlar” tushunchasi xalqaro huquqiy munosabatlar tizimida markaziy oʻrinni egallab borayotgani, ayni paytda raqamli aktivlarning dolzarbligi, raqamli huquqlar tushunchasining xilma-xilligi va raqamli aktivlarni samarali tartibga solishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shuningdek, ularni faqat moliyaviy vositalarga bogʻlash mumkin emasligi haqidagi nuqtayi nazarlar chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, muallif maqolada Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida raqamli aktivlarni huquqiy tartibga solishda bartaraf etish zarur boʻlgan boʻshliqlar mavjudligi, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga “raqamli aktivlar” atamasini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning virtual mulk (mulkiy huquqlar) va mulkiy huquqlarga bogʻliq virtual shaxsiy nomulkiy neʼmatlar va huquqlarga ajratadigan yangi tasnifini joriy etish va ularni huquqiy tartibga solishga doir tegishli oʻzgartirishlar kiritish zarurligini taʼkidlaydi. Bundan tashqari, maqolada “raqamli huquqlar (raqamli aktiv)”, “raqamli obyekt”, “virtual mulk”, “virtual oʻyin mulki” tushunchalarining bir-biridan farqi, raqamli aktivlarni tartibga solish uchun fuqarolik qonunchiligidan foydalanish, shuningdek, blokcheyn texnologiyasi, uning asosida raqamli moliyaviy aktivlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish amaliyotini qayd etganda, raqamli moliyaviy aktivlar bajarishi mumkin boʻlgan barcha funksiyalarni hisobga olmasligi tadqiq qilingan. Xulosa qismida muallif tomonidan milliy va xalqaro huquqiy doktrina va tajriba Oʻzbekiston qonunchiligida raqamli aktivning huquqiy maqomini aniqlashga qaratilgan tahlillar oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
raqamli aktivlar, kriptoaktiv, blokcheyn, virtual mulk, virtual valyuta, kriptovalyuta, tokenlar
Iqtibos uchun
For citation: