SOG'LIQNI SAQLASH SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTNI JORIY ETISHDAGI NORMATIV TO‘SIQLAR
Kan Yekaterina Eduardovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellektni joriy etishning normativ to‘siqlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot milliy qonunchilik tahlili va yetakchi davlatlarning tartibga solish yondashuvlari bilan qiyoslashga asoslangan. O‘zbekistonning normativ-huquqiy bazasi sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun asos yaratishning boshlang‘ich bosqichida ekanligi aniqlahgan holda, umumiy huquqiy asosni ta’minlab, lekin sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi. Tadqiqot davomida asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar o‘rganildi. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilishda qiyosiy-huquqiy va rasmiy-huquqiy usullar qo‘llandi. Qonunchilikni takomillashtirish uchun sakkizta istiqbolli yo‘nalish belgilandi, jumladan, yuridik tushunchalarni shakllantirish, sun’iy intellektdan foydalangan holda tibbiyot texnologiyalarini sertifikatlash tizimini moslashuvchan qilish va shunga tegishli huquqiy munosabatlar ishtirokchilari orasida javobgarlikni taqsimlash mexanizmlarini o‘rnatish aniqlandi. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda, sogʻliqni saqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida innovatsiyalarni rag‘batlantirish va bemorlarning huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash vositasi sifatida “tartibga solish qumdoni” modelini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan. Ushbu yondashuvni qo‘llash xavfsizlikning zarur darajasini ta’minlashda amaldagi qonun hujjatlariga tubdan o‘zgartirishlar kiritish zaruratini minimallashtirish imkonini beradi. Olingan natijalar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasida sunʼiy intellektni joriy etishning normativ tartibga solinishi samarali davlat strategiyasini shakllantirishda amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash, normativ tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi, tibbiyot huquqi, raqamlashtirish, tartibga solish qumdoni, tibbiy texnologiyalarni sertifikatlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
Iqtibos uchun
For citation: